Toshkentda 1 yoshga to‘lmagan 7 nafar go‘dakda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
17 aprel 2020
10576Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlar kimlardan iborat ekani ma’lum qilindi. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida o‘tkazilgan onlayn-brifingda aytildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallanganlar quyidagicha:
• 52 nafari uy bekasi,
• 20 nafari maktab o‘quvchisi,
• 12 nafari uyushmagan yoshlar vakili,
• 20 nafari ishsiz.
“Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bemorlar qayd etilgan muassasalarning joylashuviga, qolaversa, karantinda saqlanayotgan fuqarolarning karantin maskani joylashgan manzilga ham bevosita bog‘liq.
Shuning uchun biz tumanlarda kasallanganlar soni qayd etilishiga qarab turib, bizning tumanimizda kamroq yoki boshqa tumanda ko‘proq ekan degan fikrga borishimiz kerak emas.
Bemorlar orasida 60 yoshdan katta yoshdagilar 32 nafarni, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar 28 nafarni, 30-39 yoshdagilar 82 nafarni, 20–29 yoshdagilar 88 nafarni tashkil qiladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, bemorlarning 7 nafari 1 yoshgacha, 3 nafari esa 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 146 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor