Toshkentda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi
3-sahifa
−
17 dekabr 2024
3458Toshkent viloyatida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexining 8,7 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ohangaron tumanida joylashgan "N." MCHJga qarashli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bug‘ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar