1000 dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi (video)
3-sahifa
−
16:36 1594 2 daqiqa
Toşkent viloyatida fuqarolarga qarzga pul berib, ulardan berilgan mablağdan 10 baravar köp summa körsatilgan tilxat yozdirib olgan şaxs uşlandi. Uşbu tilxatlar orqali qarzdorlardan ortiqça pul undirişga erişgan şaxsdan jabr körgan 65 nafar fuqaro murojaat qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Kim Pavel fuqarolarga qarzga pul berib, evaziga berilgan mablağdan 10 baravar köp summa körsatilgan tilxat yozdirib olgan. Masalan, u bir fuqaroga 1000 AQŞ dollari qarz bergan, biroq undan 10 ming dollar olgani haqida tilxat yozdirgan.
Oradan biroz vaqt ötgaç, Kim Pavel uşbu tilxat asosida fuqarolik sudiga murojaat qilgan va qarzni undiriş böyiça sud qarori çiqarilişiga erişgan. Natijada jabrlanuvçilarning har oylik iş haqidan pul uşlab qolingan. Bu orqali fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilgan.
Toşkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan hozirga qadar undan jabr körgan 65 nafar fuqaroning arizasi qabul qilingan.
Jinoyat işi doirasida Kim Pavelga tegişli yaşaş xonadon va iş ofisi közdan keçirilgan. Natijada fuqarolarga tegişli 100 ga yaqin tilxat, 55 ta uy-joyning kadastr hujjati, 37 ta talabnoma hamda Majburiy ijro byurosining qariyb 50 nafar fuqarodan pul undirişga oid hujjatlari aniqlangan. Şuningdek, 51 ta kvitansiya ham topilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Kim Pavelga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 188-moddasi (Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati) 1-qismi hamda 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida 20 dan ortiq qoramolni öğirlab, bozorlarda sotgan uç kişi qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi