Toşkentda isitiş mavsumi qaçondan boşlanişi e’lon qilindi

Jamiyat

−

image

Toşkent şahar hokimining tegişli qaroriga muvofiq Toşkent şahrida 2026-2027 yilgi isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan issiqlik ta’minoti bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 9 noyabrdan boşlab ijtimoiy soha ob’ektlarida – maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa muassasalarda isitiş tizimi işga tuşiriladi. Uşbu sanadan köp kvartirali turar joy binolariga ham issiqlik beriş boşlanadi. Issiqlik ta’minotini ulaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.

Bildirilişiça, isitiş uçun tölov issiqlik ta’minoti amalda ulangan kundan boşlab hisoblanadi. Ulaniş sanasi boşqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.

“Agar xonadoningizda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, uyingizga xizmat körsatuvçi boşqaruv kompaniyasiga murojaat qilişingizni söraymiz. Çunki bino içidagi issiqlik taqsimoti va içki tizimlarning soz holatda işlaşi boşqaruv taşkilotining mas’uliyatiga kiradi”, deyiladi xabarda.

Agar issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelsa, Veolia Energy Tashkent kompaniyasining quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiliş mumkin:

  • Call-markaz: 1347 yoki (71) 200-00-56;
  • Telegram-bot: @vet_pokazaniya_bot.

Telegram-bot orqali murojaatlar haftaning barça kunlari, 24 soat davomida (24/7) qabul qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov Özbekistonda köp qavatli uylar joriy yil 15 noyabrgaça markazlaşgan isitiş tizimiga ulanişi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing