Toşkentda qalbaki raqam savdogari 62 mln söm jarimaga tortildi (video)
3-sahifa
−
14:54 1043 3 daqiqa
Toşkent şahrida voyaga yetmagan şaxslar qalbaki davlat raqamlari va maxsus mayoqçali avtomobillar bilan yurgani aniqlandi. Uşbu işga aloqador şaxslardan biri 61,8 mln söm jarimaga tortildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, dastlab poytaxtning Yunusobod tumani Markaz-6 mavzesida YPX xodimlari Malibu-2 rusumli avtomaşinani hujjatlarni tekşiriş maqsadida töxtatgan. Tekşiruv davomida avtomobilni 17 yoşli ösmir boşqarayotgani aniqlangan.
Avtomobil xolislar iştirokida közdan keçirilganda, unga noqonuniy ravişda maxsus antenna, sirena va miltillovçi mayoqçalar örnatilgani, old oynasi qoraytirilgani ma’lum bölgan. Şuningdek, avtomaşina yukxonasidan davlat raqami belgisi topilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 227-1-moddasi (avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, ötkaziş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek ularni qalbakilaştiriş) jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan. Tergov davomida mazkur şaxslar bundan avval ham şunga öxşaş qonunbuzarliklarga yöl qöygani aniqlangan.
Jumladan, Mirzo Uluğbek tumanida Kia rusumli avtomaşina voyaga yetmagan şaxs tomonidan boşqarilayotgani sababli töxtatilgan. Tekşiruvda uşbu avtomobil ham ratsiya, miltillovçi mayoqça, sirena, qoraytirilgan oynalar va boşqa noqonuniy moslamalar bilan jihozlangani ma’lum bölgan. Undan noma’lum davlat raqamlari ham topilgan.
Tergovda aniqlanişiça, uşbu raqamlar qalbaki bölib, ular Qirğiziston fuqarosi Ergaşev tomonidan tayyorlangan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida u Andijon viloyatida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Ma’lum bölişiça, şaxslar avtomobil raqamlarini çet eldan buyurtma asosida olib keliş va sotiş bilan şuğullangan
Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudi hukmi bilan voyaga yetmagan Ğofurov Jinoyat kodeksining 227-1-moddasi (avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, ötkaziş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek ularni qalbakilaştiriş) 3-qismi “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 BHM (6 mln 180 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlaş) qöllanilgan. Ergaşev esa Jinoyat kodeksining 127-moddasi (Voyaga yetmagan şaxsni jinoyat sodir etişga jalb qiliş) 3-qismi hamda 227-1-moddasi (Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, ötkaziş yoki ulardan foydalaniş, şuningdek ularni qalbakilaştiriş) 3-qismi “a” va “b” bandlaridagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 150 BHM (61 mln 800 ming söm) jarimaga hukm qilingan. Ğofurovning yaşaş va öqiş joyidan jamoat tarbiyaçisi tayinlaş masalasi tegişli komissiya zimmasiga yuklatilgan. Ergaşevni Özbekistondan çiqarib yuboriş masalasi unga tayinlangan jarima jazosi ijro etilganidan keyin hal qilinişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 2010 yilda tuğilgan maktab öquvçisi onasining Cobalt maşinasi bilan yöl-transport hodisasiga uçragani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi