Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi mas’uli pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
07 fevral 2022 9853 1 daqiqa
Toshkent shahrida “Yashnobod tumangaz” ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yashnobod tumangaz” ta’minoti bo‘limining “Aholi iste’molchilar bilan ishlash” xizmati boshlig‘i F.X. fuqaro B.dan 2,5 mln so‘m pora olgan vaqtda ushlangan. Mas’ul fuqaroning xonadonidagi gaz sarfi qarzdorligi uchun hisoblangan 4 mln so‘m penyani qayta hisob-kitob qilish orqali yo‘q qilib berish evaziga pora talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda ushlangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi