Toshkentda fuqaroni Meksika orqali AQSHga jo‘natishga va’da bergan shaxs ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 16 000 dollar evaziga  Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.E. boshqa bir fuqaro M.Ya.ning ishonchiga kirib, uni pul  evaziga Turkiya, Meksika va Nikaragua davlatlari orqali Amerikaga ishlash uchun yuborishini va’da qilib, oldindan 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Andijon viloyati Marhamat tumanida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga 15 000 dollar evaziga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlangandi.

Shu oy boshida esa AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi. AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Amerikada qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom etishini билдирди.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing