Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Marhamat tumanida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Marhamat tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro O.U. F.B.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. 

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.M. fuqaro O.U.dan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing