Toshkentda fuqaro o‘zini portlatib, 9-qavatdan sakradi
3-sahifa
−
01 mart 40598 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz chaqnashi sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:29 da yetib borganida 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani aniqlangan. Yong‘in soat 16:07 da o‘chirilgan. 6 nafar fuqaro qutqarilib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.
Birlamchi ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda fuqaro oshxonada gaz plitasini yoqish orqali o‘z joniga qasd qilishga uringani, oqibatda gaz havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqandan so‘ng ushbu fuqaro 9-qavatdan o‘zini tashlash orqali halok bo‘lgani aniqlangan.
Hozirgi vaqtda hodisa sodir bo‘lgan manzildagi yuqori qavatli uyda hayot faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan edi. Oqibatda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ularga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Live
Barchasi