Toshkentda bugunning o‘zida 3 ta YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 27 dekabrga o‘tar kechasi Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Birinchi YTH soat 00:40 da Uchtepa tumani TXAY ko‘chasida yuz bergan. 25 yoshli haydovchi Tracker avtomobilini katta tezlikda haydab, rul boshqaruvini yo‘qotgan va beton simyog‘och bilan to‘qnashgan. Haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Navbatdagi holat soat 00:45 da Olmazor tumanida to‘rtta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan. Malibu-2, Cobalt, BMW va Matiz avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan. BMW yo‘lovchisiga tez yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Uchinchi yo‘l-transport hodisasi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida soat 01:10 da sodir bo‘lgan. Oltintepa ko‘chasida Nexia-3 mashinasida harakatlanib ketayotgan 20 yoshli haydovchi Captiva bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan. Nexia haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing