Toshkentda avtobus konduktori 9 yoshli qizga tegajog‘lik qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida avtobus konduktori 9 yoshli qizga shilqimlik qildi. Bu haqda Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 3 noyabr kuni soat 11:30 larda 2014 yilda tug‘ilgan S. A. 115-sonli avtobusga chiqqan. Avtobus Yunusobod tumani hududida harakatlanib ketayotganida 32 yoshli konduktor H.A. kelib S. A.ning yoniga o‘tirgan va qo‘lidan ushlab, unga nisbatan shahvoniy harakatlar bilan shilqimlik qilgan. 

Aniqlik kiritilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining kecha, 22 noyabrdagi qarori bilan H.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 55 yoshli erkak 7 yashar qizga pod’ezdda tegajog‘lik qilgan edi. Shundan keyin unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrining tumanlaridan birida 22 yoshli yigit 16 yashar qizga hujum qilib, unga shilqimlik qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod avtobus pedofil shilqimlik tegajog'lik konduktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing