Toshkentda 9 yoshli bola operatsiya vaqtida vafot etdi
3-sahifa
−
26 avgust 10081 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan 9 yoshli bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tekshirish xarakatlari olib borilmoqda.
“Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deydi Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida burun operatsiyasiga kirgan 16 yoshli qiz shifoxonada vafot etgandi. Marhumaning onasi shifokorlar qizining yuragi operatsiyani ko‘tara olmagini aytganini, lekin farzandining sog‘lom bo‘lganini bildirgan. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Live
Barchasi