Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan korxona aniqlandi
3-sahifa
−
18 noyabr
2734Toshkent shahrida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida joylashgan “K.I.” MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlangandi. Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ochiqlangan.