Toshkentda 50 yoshli ayol avtobus tagiga yotib oldi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi “Kadisheva” bozori yaqinida mast holatda 50 yoshli ayol avtobus tagiga yotib olib, transport harakatini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa bugun, 25 iyul kuni soat 08:00 larda sodir bo‘lgan. Yashnobod tumani Beshariq ko‘chasida 1976 yilda tug‘ilgan Ye.A. mast holatda yo‘lning qatnov qismiga yotib olgan. Videoda ayol yo‘lning o‘rtasida yotgani, avtobus esa bir muddat to‘xtagach, orqaga harakatlanib uni chetlab o‘tgani aks etgan.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro bilan suhbat o‘tkazilganda uning spirtli ichimlik ta’sirida ekani aniqlangan. Shundan so‘ng, u ichki ishlar va tibbiyot xodimlari tomonidan 4-son shahar klinik shifoxonasi hududidagi hushyorxonaga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilinishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli yigit Toshkent shahrida yarim tunda yo‘l o‘rtasida yarim yalang‘och yurib, avtomobillar harakatiga xalaqit bergani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing