Toshkentda 400 mln so‘mni “yeb yuborgan” mansabdorlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida aholi mablag‘larini bank hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirib yuborgan ikki nafar rahbar aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. 

Gap shundaki, vazirlik aholi murojaatlariga asosan o‘rganish ishlari olib borgan. Natijada Uchtepa tumanida faoliyat yuritgan boshqaruv tashkiloti rahbari O.O. 247 mln so‘mga yaqin aholi mablag‘larini bank hisob raqami orqali kirim qilmasdan, noqonuniy talon-taroj qilgani aniqlandi.

Shuningdek, Sergeli tumanida faoliyat yuritgan boshqaruv tashkilotlaridan birining rahbari A.K. ham 2021-2022 yillar davomida majburiy badal to‘lovini amalga oshirish uchun aholidan undirilgan 154 mln so‘m mablag‘larni bank hisobiga kirim qilmay, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Boshqaruv tashkilotlarining faoliyatini o‘rganish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishchi guruhlar tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida soliq idorasi mas’ul shaxslari fuqarolarning 119,7 million so‘mlik soliq to‘lovlarini o‘zlashtirgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sergeli Uchtepa Qurilish mansabdorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing