Fuqarolar to‘lagan soliqlarni DSI xodimlarining o‘zi yeb yubordi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida soliq idorasi mas’ul shaxslari fuqarolarning 119,7 million so‘mlik soliq to‘lovlarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Tekshiruvda tuman DSI mas’ul shaxslari 86 nafar jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i uchun to‘langan jami 119,7 millon so‘mlik soliq to‘lovlarini bank kassasiga kirim qilmasdan, ularga qalbaki cheklar berish orqali firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.   

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro, Namangan va Andijon viloyatlarida ham o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirishga uringan Ichki ishlar boshqarmasi, soliq, Milliy gvardiya xodimlari qo‘lga olingan edi.  Shuningdek, joriy yilning 2 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev faoliyatini lozim darajada amalga oshirmagan 26 ta soliq idorasi rahbarlarini vazifasidan ozod qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qoraqalpog'iston DSI Beruniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing