Toshkentda 3000 “ko‘ki” evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 mart
4446Toshkent shahrida abituriyentni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaroni 3 000 AQSH dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga joylab, keyinchalik uning o‘qishini Samarqand tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishni va’da qilgan hamda oldindan 1 500 AQSH dollari olgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlangan edi.
LiveBarchasi