Prokuraturaning soxta xodimi fuqaro va tadbirkordan pul undirdi

3-sahifa

image

O‘zini Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimi sifatida tanishtirib, fuqaro va tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.N. fuqaro S.N. ga o‘zini departament xodimi deb tanishtirib, fuqaro N.Sh. dan muqaddam tezkor tadbirda ashyoviy dalil sifatida olingan umumiy bahosi 462,9 million so‘mlik 292 dona zargarlik buyumlarini qaytarib olib berishi va N.Sh. ni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib berishi evaziga 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Shuningdek, Sh.N. Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 337 ming so‘mlik to‘lovni bermaslik maqsadida o‘zini departamentning Guliston shahri bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, yoptirib yuborish bilan tahdid qilgani aniqlangan. Tekshiruvda Sh.N. tomonidan 2 500 AQSH dollari va 337 ming so‘m hisobidan 1,2 million so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro A.A. o‘zini Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, bir nechta fuqaroning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing