Toshkentda 2 ming litr AI-91 benzinini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod shahrida AI-91 markali benzin yonilg‘isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida muqaddam sudlangan R.R. ismli shaxs noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.X.ga AI-91 markali 2 ming litr benzin yonilg‘isini 22 million so‘m va 100 dollarga sotgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, R.R. ushbu benzin yonilg‘isini Bekobod shahridagi “G‘.G‘.” MCHJga qarashli shoxobchadan Isuzu rusumli yuk avtomashinasida 200 litr hajmli idishlarga quydirib olib chiqqani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 mart kuni Farg‘ona viloyatida AI-80 markali benzin yonilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlangandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent benzin AI-91

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing