Toshkentda 15 yashar qizni zo‘rlagan o‘qituvchi va ikki do‘sti qamaldi
3-sahifa
−
12 noyabr 2021
67379Avvalroq, Toshket shahri Mirobod tumanida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ikki do‘sti bilan 15 yoshli o‘quvchisini zo‘rlagani haqida xabar bergandik.
Joriy yilning 27 aprel kuni 30 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Anvar X., keyinchalik esa uning ikki nafar tanishi – Mansurjon M. va Boymuhammad G. 15 yoshli 8-sinf o‘quvchisiga jinsiy tajovuz qilgandi.
Mazkur holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga muvofiq o‘qituvchi 4 yilga, do‘stlari esa 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
“Nemolchi” loyihasining ma’lum qilishicha, qizning onasi esa sud qaroridan rozi emas.
Qayd etilishicha, o‘qituvchi va uning sheriklari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi (18 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jazolangan. Qizning onasi ular Jinoyat kodeksining 118-moddasi bilan (bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlash) bo‘yicha qamalishi kerak deb hisoblamoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayol ushbu ish doirasida oxirigacha kurashishga qaror qilgan.
LiveBarchasi