Britaniyalik aktyor Rassel Brend 10,5 yilga qamaldi

Madaniyat-san’at

−

image

Britaniyalik aktyor Rassel Brend zörlaş va jinsiy tegajoğlik uçun 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Guardian” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, qirollik sudyasi Joel Bennatan zörlaş va jinsiy tegajoğlikda ayblanayotgan 51 yoşli britan aktyori Rassel Brendga nisbatan hukmni e’lon qilgan. Iş tafsilotlarini bayon etar ekan, sudya Brend ayollarga nisbatan sodir etilgan jinsiy tegajoğliklarda ayblanganini eslatib ötgan.

Şunday qilib, tergov ma’lumotlariga köra, aktyor London pablaridan birida ayolga hujum qilgan va uning kökragini uşlagan. Boşqa bir holatda esa aktyor radiostansiyaga borib, boşqa odamlarning köz oldida stansiya xodimasiga oşkora tegingan va öpgan.

Sudya törtta jinoyatdan uçtasi jamoat joylarida – barda, radiostansiyada va reklama suratga olinayotgan joyda, boşqalarning köz oldida sodir etilganini ta’kidlagan.

“Uşbu epizodlar sizning maşhurlik sizga halol odamlar yaşaydigan qoidalar bilan çeklanmagan holda, istalgan joyda va xohlagança özingizni tutiş huquqini beradi, degan işonçingizni namoyiş etadi”, deydi sudya Bennatan.

Tergov ma’lumotlariga köra, 2009 yilda Brend 21 yoşli muxlisasini zörlagan. Hukmni öqib eşittirar ekan, sudya Bennatan Brendni bir neça bor “jinsiy yirtqiç” deb atagan. Brend zörlaş epizodi va jinsiy tegajoğlikning uçta holati böyiça aybdor deb topilgan. Umumiy jazo muddati 10,5 yilni taşkil etadi.

Sudyaning sözlariga köra, Rassel Brend muddatidan ilgari şartli ozod qilinişga da’vogarlik qilişidan oldin 10,5 yillik qamoq jazosining uçdan ikki qismini ötaşi kerak. Bu aktyor qamoqda kamida yetti yil ötirişini anglatadi.

Ma’lumot uçun, 2025 yilning aprel oyida politsiya Rassel Brendga 1999 yildan 2005 yilgaça bölgan davrda tört nafar ayolga nisbatan zörlaş va jinsiy xususiyatga ega zöravonlik harakatlari böyiça ayblov e’lon qilgani ma’lum bölgan. Politsiyaning Brendga e’tiborini “Times” va “Sunday Times” gazetalari hamda “Channel 4” telekanali tomonidan 2023 yilda birgalikda ötkazilgan suriştiruv jalb qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing