Mashhur jurnalist hamkasbini liftda zo‘rlagani uchun aybdor deb topildi

Olam

image

Hindiston sudi mashhur “Tehelka” jurnalining sobiq bosh muharriri Tarun Tejpalni hamkasbini zo‘rlaganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda Britaniyaning “The Guardian” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 6 avgust Mumbay sudi 2021 yilda Tejpalga nisbatan chiqarilgan oqlov hukmini bekor qilgan. Jurnalist 2013 yil noyabr oyida Goa shtatidagi besh julduzli mehmonxona liftida korporativ tadbir vaqtida hamkasbini zo‘rlaganlikda ayblangan.

Dastlab Goa sudi uni zo‘rlash, jinsiy tegajog‘lik va ozodlikni noqonuniy cheklash ayblovlari bo‘yicha oqlagan. Biroq shtat hukumati ushbu qaror ustidan shikoyat qilgan va Mumbay Oliy sudi ayblov hukmini chiqargan.

“Bu ayol o‘z huquqlarini himoya qila olgan hukmdir... Shu sababli ushbu qaror har qanday sohada mehnat qilayotgan ayollar uchun juda muhim”, deydi ish bo‘yicha tergov olib borgan politsiya tergovchisi Sunita Savant.

Tejpalga jazo hukmi keyinroq e’lon qilinadi. Erkak ayblovlarni rad etmoqda va yuqori turuvchi sudga shikoyat qilishi mumkin.

Tejpal atrofidagi mojaro an’anaviy ravishda ayollar huquqlari va ijtimoiy adolatni himoya qilib kelgan “Tehelka” jurnalining obro‘siga jiddiy putur yetkazgan. Jurnal yangi rahbariyat bilan o‘z ishini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning sobiq davlat vaziri va yaqinda parlament deputati etib qayta saylangan Ruxsar Ahmad Buyuk Britaniyada 1990-yillarda voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlash va odam savdosi bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing