Malikaning o‘g‘li zo‘rlashda ayblanib 4 yilga qamaldi

Olam

image
Norvegiya valiahd malikasi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xyoybi bir nechta jinoyatlar, jumladan, zo‘rlashda aybdor deb topilib to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni “The Guardian” nashri xabar berdi.

Oslo tuman sudi chiqargan hukmga ko‘ra, 29 yoshli Xyoybiga nisbatan jabrlanuvchilardan biri bilan ikki yil davomida yaqinlashmaslik haqidagi cheklov ham qo‘llanilgan. Shu bilan birga, u yana ikki zo‘rlash bo‘yicha ayblovlardan oqlangan.

Qayd etilishicha, Marius Borg Xyoybiga qarshi jami 40 ta ayblov qo‘yilgan bo‘lib, ular orasida zo‘rlash, tan jarohati yetkazish, taqiqlov qarorlarini buzish, shuningdek, giyohvand moddalar va transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar ham bo‘lgan.

Prokuratura uni 7 yil 7 oyga qamashni talab qilgan bo‘lsa, himoya tomoni zo‘rlash ayblovlari bo‘yicha oqlashni va boshqa tan olgan jinoyatlari uchun 18 oydan ortiq jazo tayinlamaslikni so‘ragan.

Zo‘rlash ayblovlari 2018–2024 yillar oralig‘ida to‘rt nafar ayol bilan bog‘liq holatlarni qamrab oladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilarning barchasi voqea vaqtida uxlayotgan yoki o‘zini himoya qila olmaydigan holatda bo‘lgan.

Manbaning yozishicha, sud jarayoni Norvegiya qirollik oilasi uchun murakkab davrga to‘g‘ri kelgan. Valiahd malika Mette-Marit hozirda og‘ir kasallik bilan kurashayotgan bo‘lib, unga o‘pka transplantatsiyasi kerakligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni Shimoliy Koreya hududiga dronlar yuborganlikda aybdor deb topib, 30 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
 

Maqola muallifi

Teglar

zo'rlash Norvegiya Mette-Marit valiahd malika Marius Borg Xyoybi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing