Toshkentda 13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida maktabdan qaytayotgan o‘quvchi qizning yuzidan silab, boshidan o‘pib, shahvoniy shilqimlik sodir etgan erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning 25 dekabr kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.S. Shayxontohur tumani hududida joylashgan  maktabdan avtobusda qaytayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda 1981 yilda tug‘ilgan avtobus konduktori T.B. unga har xil savollar berib, yuzidan silab, boshidan o‘pib, shahvoniy shilqimlik sodir etgan. 

Holat yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud majlisida sudlanuvchi T.B. qilmishidan pushaymonda ekanligi, bu holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik berishni so‘radi. 

Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1 moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron shahrida 14 yoshli bolaga shilqimlik qilgan 28 yoshli erkak 5 sutkaga qamalgandi. Sud qarori bilan erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 prim 1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan huquqbuzarlik harakatini sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent konduktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing