Ana boshlandi! Toshkentda ham radar o‘rnatiladigan joylar savdoga chiqarildi

Jamiyat

image

Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi saytida birinchi marta Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarildi.

Poytaxtda radar qo‘yib tirikchilik qilishni maqsad qilganlar uchun joylar boshlang‘ich 2,4 mln – 36,5 mln so‘mdan savdoga chiqarilgan.

Hozircha Yakkasaroy, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi 38 ta “tochka” savdoga chiqarilgan

Ma’lumotga ko‘ra, eng arzon joy Yakkasaroy tumanida, eng qimmat joy esa Mirobod tumani Hamid Olimjon nomidagi maydon yaqinidagi ko‘prik osti ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari “E-auksion” savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi. Joriy yilning 9 iyunidan esa mamlakatda birinchi bo‘lib Namangan va Xorazm viloyatlarida radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilgan.

Avvalroq, Navoiyda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarni tasvirga olib, uni Yo‘l-patrul xizmatiga ma’lum qilish bilan shug‘ullangan shaxsning mashinasi odamlar tomonidan pachoqlab tashlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

radar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing