Haydovçilar mobil radarlar haqida belgi orqali ogohlantirilmasligi mumkin

Jamiyat

−

image

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29 oktyabrdagi qarori bilan radarlar joylaşgan hududlarda ogohlantiruvçi yöl belgilarini örnatiş tartibi özgartirildi. Tegişli özgartiş hukumatning 2025 yil 15 maydagi “Yöl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 318-son qaroriga kiritildi. 

Avvalgi qoidaga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan boşlab tezlikni nazorat qiluvçi barça turdagi statsionar va mobil radarlar joylaşgan hududda, şuningdek, ulardan 250–500 metr oldin “Radar” belgisi örnatilişi şart edi.

596-son qaror bilan uşbu talabga aniqlik kiritildi. Xususan, hujjatdagi “har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar” degan ifoda “statsionar radarlar” sözi bilan almaştirildi. Bu esa mobil radarlar uçun mazkur belgini örnatiş majburiyati bekor qilinganini anglatadi.

Bundan taşqari, Yöl harakati qoidalarining 5.43 — “Radar” belgisiga oid qismi ham yangilandi. Endi uşbu belgi tezlik statsionar radarlar orqali nazorat qilinadigan joydan 250–500 metr oldin örnatilişi belgilangan.

Şu tariqa, statsionar radarlar oldida ogohlantiruvçi belgi bölişi şart. Mobil radarlarga nisbatan esa bunday talab belgilanmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing