Xitoy dronlarni radardan yashiradigan qoplama ishlab chiqdi
Olam
−
02 iyun 2497 2 daqiqa
Xitoyning Star-Navi kompaniyasi dronlar uchun radar signallarini yutuvchi sprey shaklidagi XRAM-C Series maxsus qoplamalar seriyasini ishlab chiqdi. Bu haqda “Defence Blog” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu material radioto‘lqinlarni qaytarmaydi, balki ularni yutib, issiqlik energiyasiga aylantiradi. Natijada uchuvchisiz uchish apparatini radarlarda aniqlash qiyinlashadi. Texnologiya ishlab chiqaruvchisi turli chastota diapazonlari uchun qoplamaning uch xil modifikatsiyasini taklif qilmoqda: C105 versiyasi X va Ku-diapazondagi radarlardan himoyani ta’minlaydi, C112 varianti S va C-diapazon tizimlariga qarshi turish uchun mo‘ljallangan, universal C113B esa har ikkala chastota guruhlarini qamrab oladi.
Qoplamani tayyorlangan yuzalarga surtish usuli maxsus ishlab chiqarish infratuzilmasini talab qilmaydi. E’tiborli jihati shundaki, Star-Navi o‘z bo‘yog‘ini 1 kg, 5 kg va 10 kg vazndagi konteynerlarda taklif qilmoqda, bu esa mahsulotning qulayligini ko‘rsatadi.
Tanlangan variantga qarab, qalinligi 0,40–0,60 mm bo‘lgan material qatlami qaytgan signal darajasini 3–3,5 dBga kamaytirish imkonini beradi, bu esa uning quvvati taxminan ikki baravar kamayishiga to‘g‘ri keladi.
Qoplama vazni bir kvadrat metrga 1,1 kg dan oshmaydi. Material 250°C gacha bo‘lgan haroratda 100 soat davomida o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi, uzoq muddatli vibratsiyalarga (tebranishlarga) chidamli va tuzli tuman sharoitida 2000 soatlik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu esa undan dengiz va sohilbo‘yi ob’ektlarida foydalanish imkoniyatini tasdiqlaydi.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun