Toshkent viloyatida Nexia-2 avariyaga uchrab, yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 24 mart kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Nexia-2 rusumli avtomobil boshqa bir avtomashina bilan to‘qnashdi va oqibatda yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat tahminan 17:30 larda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D 002 Toshkent-Nurafshon avtomobil yo‘lining 17-kilometrida qayrilib olish mumkin bo‘lgan joydan Nexia-2 rusumli transport vositasi qayrilayotgan vaqtida Nurafshon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida Nexia-2 rusumli avtoulovda yong‘in kelib chiqqan.

“YTH va yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda yong‘in to‘liq o‘chirilib, xolat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB YHXB O'rta Chirchiq avariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing