Toshkent shahrida mashina yuvgan erkak jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanida ichimlik suvida mashina yuvgan fuqaro jazolandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumani “Ahmad Donish” MFY qurilish kompaniyalaridan birining ishchi xodimi ichimlik suvida mashina yuvayotgani aks etgan xabar tarqaldi. O‘rganish natijasida ishchi xodimga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasi (Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish)ga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilangan.

Shuningdek, shu va shunga o‘xshash holat qayta sodir etilmasligi yuzasidan fuqaroga nisbatan davlat inspektorlari tomonidan qat’iy ogohlantirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning ba’zi hududlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha tarif narxlari qimmatlashgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, Toshkent viloyatida 20 avgustdan boshlab 1 kb metr ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1700 so‘mga (QQSsiz) oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ tomonidan aholiga yetkazib beriladigan suv narxiga nisbatan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ichimlik suvi jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing