O‘zbekistonda suv narxi qariyb 2 barobar qimmatlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha tarif narxlari qimmatlashdi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” kompaniyasi xabar berdi.

Toshkent viloyatida 20 avgustdan boshlab 1 kb.m ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1700 so‘mga (QQSsiz) oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ tomonidan aholiga yetkazib beriladigan suv narxiga nisbatan olingan. Unga ko‘ra, 

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun –1 m3 – 1 700 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun — 1m3 — 7 000 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1m3 — 7 000 so‘m bo‘ldi.

Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun – 1 m3 – 850 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun — 1m3 – 1 850 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1m3 – 1 850 so‘m etib belgilandi.

Bundan tashqari,  korxona tomonidan e’lon qilingan bayonotda “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” MCHJ va “Musaffo obi hayot” MCHJ  tomonidan  yetkazib beriladigan ichimlik va oqova suv xizmati uchun ham alohida yangilangan tariflar miqdori keltirilgan. 

Shuningdek, narxlarning oshishi hududlarga ham ta’sir qiladi, xususan, Surxondaryoda iste’mol suvi narxi 1 kubometr uchun 2140 so‘mga, Qashqadaryoda esa 2000 so‘mga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi besh yil ichida Toshkent viloyatida ichimlik suvi ta’minoti darajasi 60,9 foizdan 73,8 foizga yetdi. Markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti uchta yirik yer usti inshootlari orqali amalga oshiriladi: Angren shahridagi Navro‘z suv tozalash inshooti, Chirchiq shahridagi ochiq suv tozalash inshooti, Qibray tumanidagi Kodiriya suv tozalash inshooti, shuningdek, 22 tumandagi quduqlar orqali. Ichimlik suvi aholiga 594 ta suv inshootlari, 866 ta suv olish quduqlari, 6683,6 km suv quvurlari va tarmoqlar orqali yetkazib beriladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ichimlik suvi suv narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing