Qashqadaryoda ham suv narxi oshadi

Foydali

−

image

Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya  xizmatlari uchun narxlar oshadi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagi o‘zgartirishlar 29 dekabrdan kuchga kiradi:

Ichimlik suvi uchun:

  • aholiga – 1 m3 – 2500 so‘m;
  • byudjet tashkilotlariga – 1 m3 – 6 000 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilarga – 1 m3 – 10 000 so‘m.

Kanalizatsiya xizmatlari uchun:

  • aholiga – 1 m3 – 1500 so‘m;
  • byudjet tashkilotlariga – 1 m3 – 2500 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilarga – 1 m3 – 5 000 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq bir necha viloyatlarda suv tariflari o‘zgargani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing