Jizzaxda ichimlik va oqova suv narxi oshadi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida joriy yilning 1 martidan ichimlik va oqova suv narxlari oshadi.

Jizzax viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari o‘zgardi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yilning 1 mart sanasidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi (taklif etilayotgan narxlar QQS siz hisoblangan):

Ichimlik suvi:

  • Aholi uchun (1 m3) – 4000 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun (1 m3) – 6000 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun (1 m3) – 6000 so‘m.

Oqova suv xizmati:

  • Aholi uchun (1 m3) – 1700 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun (1 m3) – 2500 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun (1 m3) – 2500 so‘m.

“O‘zsuvta’minot” AJning bildirishicha, o‘tgan besh yilda Jizzax viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 47,6 foizdan 70,4 foizga, kanalizatsiya qamrovi 15 foizdan 21,1 foizga yetkazilgan. Kelgusi besh yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini 90 foizga, kanalizatsiya qamrovini 71,2 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun 402,1 mlrd so‘m evaziga 878,3 km ichimlik suvi va 461 km kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 167 ta suv va 30 ta kanalizatsiya inshooti barpo etilishi belgilangan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ichimlik suvi Jizzax Oqova suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing