Jizzaxda 80 sotix yerni 230 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

3-sahifa

−

image

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida davlat zaxirasidagi 80 sotix yer maydonini 230 million sömga sotişga uringan şaxs qölga olindi. U talab qilingan pulning 200 million sömini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 1961 yilda tuğilgan F.X. ismli şaxs Alamli mahallasi hududidagi heç qanday huquqiy hujjatlari bölmagan yer maydonini tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.

U bu xizmat evaziga 230 million söm talab qilgan. Kelişilgan puldan 200 million sömni olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida uşlangan.

Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida fuqaroni lokomotiv deposiga işga joylaştirib qöyiş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing