Jizzaxda isitiş mavsumi 4 noyabrdan boşlanadi
Jamiyat
−
10:49 502 1 daqiqa
Jizzax viloyatida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, köp kvartirali uylar va ijtimoiy soha ob’ektlari uçun 2026–2027 yilgi isitiş mavsumi 4 noyabrdan boşlanadi. Bu haqda viloyat hokimining keça, 2 noyabr kuni qabul qilingan qarorida belgilangan.
Qayd etilişiça, qaror Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar körsatiş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi 194-son qarori, viloyat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasining 29 oktyabrdagi xati, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialining 9 oktyabrdagi murojaati hamda viloyat Gidrometeorologiya markazining 26 oktyabrdagi xulosasi asosida qabul qilingan.
Qarorga köra, isitiş mavsumi aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, köp kvartirali uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlari uçun 4 noyabrdan boşlanadi.
Şuningdek, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi hamda “Jizzax viloyati issiqlik ta’minoti” MÇJga 4 noyabrdan boşlab issiqlik manbalaridan çiqadigan issiqlik energiyasining aylanma harakatini işga tuşiriş vazifasi yuklatilgan. Bunda markazlaşgan issiqlik ta’minoti tizimining barça qismlari tekşirilib, uning işlaş imkoniyatlari aniqlanadi.
Live
Barchasi