Jizzaxda 450 mln sömlik oltinni yaşirinça sotmoqçi bölganlar uşlandi
3-sahifa
−
12:40 576 1 daqiqa
Jizzaxda 471 gramm yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar şaxs töxtatildi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan viloyat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida kuzatuvga olingan ikki nafar fuqaro umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni xaridorga 450 million söm evaziga sotayotgan vaqtda töxtatilgan. Qimmatbaho metall aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida Qirğizistondan Özbekistonga olib kirilayotgan 33 million sömlik pirotexnika vositalari töxtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi