Qirğizistondan yaşirinça pirotexnika vositalari olib kirayotganlar uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

Farğona viloyatida Qirğizistondan Özbekistonga olib kirilayotgan 33 million sömlik pirotexnika vositalari töxtatib qolindi. Bu haqda Farğona viloyati bojxona boşqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinişiça, bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari oldindan olingan ma’lumot asosida Bojxona qömitasining tegişli bölinmalari, “Farğona” çegara bojxona posti hamda DXX Çegara qöşinlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.

Unda Qirğiziston–Özbekiston yönalişida harakatlanib, “Farğona” çegara bojxona postiga kirib kelgan Labo rusumli avtomobil tekşirilgan. Tekşiruv davomida transport vositasiga avvaldan yasalgan yaşirin qismdan xorijda işlab çiqarilgan, bojxona rasmiylaştiruvidan ötganini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 12 ming donadan ortiq pirotexnika vositasi topilgan.

Ular orasida “Solovey razboynik” va “Treniya” nomli ikki turdagi mahsulotlar bölib, dastlabki hisob-kitoblarga köra, umumiy qiymati 33 million sömni taşkil etadi.

Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida Qirğizistondan Özbekistonga 301 ming 462 dona pirotexnika buyumini noqonuniy olib kirişga uriniş foş etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing