Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari qachon ochiladi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Yunusobod yo‘nalishining “Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlari profilaktik ishlar sabab 4 oyga yopilgani haqida xabar bergandik. 
Ushbu yo‘nalishdagi qatnov joriy yilning 26 dekabr kuni yo‘lga qo‘yilishi kerak edi. Ammo “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayev QALAMPIR.UZ bilan suhbatda ochilish kunining aniq emasligini bildirdi.

“Ayni paytda profilaktika ishlarining so‘nggi bosqichidamiz. Metro bekatlarining ochilish muddati aniq emas. Bu bo‘yicha yana batafsil ma’lumot beramiz”, deydi u. 

Ma’lumot uchun, ushbu bekatlardagi yo‘lovchilarni tashish uchun “Turkiston-Yunusobod–Shahriston” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning kunlik ish vaqti tongi 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar deb belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosining “Texnopark” (Do‘stlik-2) va “Yashnobod” (2-bekat) bekatlari ish tartibi vaqtincha o‘zgargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod Toshkent metropoliteni metro Turkiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing