Toshkent metropoliteni 2022 yilda 14 ta metro poyezdi sotib oladi

Jamiyat

image
Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarildi north_east

Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarildi

Toshkent metropolitenidagi metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenida mavjud bo‘lgan 59 ta metro poyezdlarini 44 tasi 21-40 yil mobaynida foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yil oxirigacha Toshkent metropoliteni infratuzilmasiga mos bo‘lgan 5 ta, 2022 yilda 14 ta (jami 19 ta) to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilinishi natijasida poyezdlarning umumiy soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi.

Shuningdek, 32 xil turdagi ehtiyot qismlar va uskunalar olinib, keyingi 25 yil ichida xarid qilinmagan va eskirgan 44 ta metro vagonlarini qayta ta’mirlanadi. Shu tariqa, ularni kunlik ishlash soati uzaytiriladi. Shu bilan birga yo‘llarda texnik sabab bilan turib qolish holatlari keskin kamayadi. Eng muhimi harakat xavfsizligi ta’minlanadi.

Avvalroq, Toshkent metropolitening oltita bekati atrofida poytaxtga keluvchilar uchun avtoturargohlar qurilishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktyabr kuni "Toshkent metropoliteni" UK Rossiyaning “Transmashxolding” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” AJdan 20 ta zamonaviy metro vagonlarini qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing