Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarildi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2021
6198Joriy yilning 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi.
Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Bundan tashqari, “Toshkent metropoliteni” DUK 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Xususan, 2022 yil 1 aprelgacha yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Qaror bilan shuningdek, 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
LiveBarchasi