Toshkent havosidagi chang miqdori normal darajaga qaytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 4 noyabr kuni Toshkentda kuzatilgan qum bo‘ronidan keyin shahar havosi asta-sekin tozalanmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Markaz bugun, 8 noyabr soat 11:00 holatiga monitoring natijalari havodagi chang ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmaganini ko‘rsatgan.

Avvalroq, 7 noyabr kuni soat 11:00 holatiga Toshkent havosining ifloslanish darajasi normal deb qabul qilingan konsentratsiyadan 3,3 barobar oshiq bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshdi.

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.

“O‘zgidromet” kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

qum bo'roni

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing