Eronda qum bo‘ronidan 730 dan ziyod odam zararlandi

Olam

image

Eronda qum bo‘roni yopirilishi oqibatida 730 dan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda mamlakat Tabiiy ofatlarni nazorat qilish shtabi boshlig‘i Majid Mohebbiga tayanib, IRNA Agentligi xabar berdi

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, qum bo‘roni Sistan va Balujiston viloyatida to‘rt kundan beri kuzatilmoqda. Viloyatdagi ba’zi tumanlarda qum va chang ko‘tarilib, shamol kuchayishi oqibatida bo‘ronga aylangan.

So‘nggi uch kun ichida Sistan va Balujiston viloyatining Zobul, Zexek, Xomun, Girmand va Nimruz tumanlarida 733 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Hozirda ulardan 58 nafari shifoxonada davolanmoqda.

Viloyat ob-havo ma’lumoti boshqarmasi bosh direktori Mohsen Heydariyning aytishicha, Sistan va Balujiston sharqidagi hududlarda shamol 94 km/soat tezlikka chiqqan. Uning taxminiga ko‘ra, kelgusi uch kunda viloyat shimolida kuchli shamol, chang va qum bo‘roni davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyun kunidan boshlab bir hafta mobaynida aynan mana shu hududda, ya’ni, Sistanning Zabol, Zaxak, Hamun, Xirmand va Nimruz kabi 5 ta shaharlariga kuchli chang bo‘ronlari yopirilgan edi. Hodisa oqibatda 1059 nafar kishi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan, ulardan 145 nafari shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron qum bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing