Eron qum bo‘roni ichida qoldi. Jabrlanganlar soni tobora oshmoqda

Olam

image

Eron Islom Respublikasining janubi-sharqidagi Sistan va Balujiston viloyatlarida o‘tgan haftadan buyon chang-qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda IRNA agentligi ma’lum qildi.

Tabiiy ofatlarni nazorat qilish shtabi boshlig‘i Majid Mohebbi joriy yilning 22 iyun kunidan boshlab Sistanning Zabol, Zaxak, Hamun, Xirmand va Nimruz kabi 5 ta shaharlariga kuchli chang bo‘ronlari kelganini, oqibatda 1059 nafar kishi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilganini, ulardan 145 nafari hali ham shifokor nazorati ostida qolayotganini aytmoqda. Shuningdek, bir nafar kishi nafas olish bilan bog‘liq muammosi sababli vafot etgan. 

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, murojaat qilganlarning asosiy shikoyati ko‘rish, nafas olish va yurak muammolaridan iborat bo‘lgan.

Meteorologlarning ta’kidlashicha, viloyat hududida gorizontal ko‘rish masofasi 3 kmgacha kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron qum bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing