Tom Kruz navbatdagi filmini kosmosda suratga oladi

Madaniyat-san’at

image

Gollivudning taniqli aktyori Tom Kruz kosmosda suratga olinishi kutilayotgan filmning dastlabki tayyorgarliklari boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “People” nashri xabar berdi.

Yangi film NASA kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olinadi. Aktyor bu jarayon bilan bog‘liq rejalari haqida o‘zining so‘ngi filmi –  “Mission: Impossible – Dead Resconing Part One” premerasida ma’lum qilgan. 

“NASA Tom Kruz bilan film ustida ishlashdan xursand! Bizga yangi avlod muhandislari va olimlarini NASA’ning ulkan rejalarini amalga oshirishda ilhomlantirish uchun mashhur ommaviy axborot vositalari kerak”, deydi kompaniya direktori Jim Bridenshteyn.

Hozircha faqatgina loyihaning byudjeti 200 million AQSH dollari ekanligi va uni mahoratli rejissyor Dug Liman suratga olishi ma’lum qilingan. Kruz va Liman bundan avval ham “Edge of Tomorrow”(2014) va “American Made”(2017) filmlarida birga ishlagan.

Film loyihasi birinchi marta NASA tomonidan 2020 yilda e’lon qilingan. Ikki yil o‘tgach, Universal Pictures direktori Donna Langli filmning ishlab chiqarilishini tasdiqlagan.

“Menimcha, Tom Kruz bizni kosmosga olib boradi. Bu hozircha reja. Pandemiya paytida u biz bilan Zoom qo‘ng‘irog‘i orqali bog‘landi va ajoyib g‘oyasi borligini aytdi. Hikoyadagi voqealar, asosan, Yerda sodir bo‘ladi. Keyin qahramon Yerni saqlab qolish uchun kosmosga ko‘tariladi”, degan Langli intervyularidan birida.

Eslatib o‘tamiz, Tom Kruz bundan 3 yil avval ham "Uddalab bo‘lmas topshiriq" filmini suratga olish ishlari uchun kosmosga borishga umid qilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

fil'm Tom Kruz kosmos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing