SpaceX kosmosga millionta sun’iy yöldoş joylaştirişga ruxsat oldi
Olam
−
1343 2 daqiqa
SpaceX kompaniyasi kosmosda ma’lumotlar markazlarini yaratiş uçun milliontagaça sun’iy yöldoş joylaştirişga ruxsat oldi. Hozirda butun kosmosda 17 mingga yaqin sun’iy yöldoş mavjud. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, AQŞ Federal aloqa komissiyasi Ilon Maskka tegişli SpaceX kompaniyasining “Starmind” nomli sun’iy yöldoşlar tizimini yaratiş haqidagi arizasini ma’qullagan.
SpaceX joriy yil boşida Yerda foydalaniş uçun katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta işlaydigan milliontagaça orbital hisoblaş modulini joylaştirişga ruxsat söragan. Kompaniya bu loyiha sun’iy intellekt uçun ortib borayotgan hisoblaş quvvatlariga bölgan talabni qondirişga yordam berişini bildirgan.
Ruxsat şartlariga köra, SpaceX sun’iy yöldoşlarni joylaştirişni 2033 yil noyabrigaça boşlaşi kerak. 2035 yil noyabrigaça ularning kamida 100 mingtasini, 2038 yil noyabrigaça esa umumiy sonining yarmini orbitaga çiqarişi lozim.
SpaceX loyihani deyarli uzluksiz quyoş energiyasidan foydalaniş imkoniyati bilan izohlagan. Kompaniya bunday sun’iy yöldoşlarni işlatiş va texnik xizmat körsatiş xarajatlari kam bölişi, şuningdek, Yer yuzidagi ma’lumotlar markazlariga tuşadigan ekologik yukni kamaytirişini ta’kidlagan.
Biroq kompaniya haqiqatan ham millionta sun’iy yöldoşni orbitaga çiqaradimi, hozirça noma’lum.
Loyihaning amalga oşişi SpaceX işlab çiqayotgan Starship raketasining xarajatlari kamayişiga ham boğliq.
Amazon kompaniyasining Leo sun’iy yöldoşlar bölinmasi va boşqa raqobatçilar SpaceX rejasini tanqid qilgan. Ularning fikriça, millionta sun’iy yöldoşni orbitaga çiqariş juda uzoq vaqt talab qilişi mumkin. Ammo AQŞ Federal aloqa komissiyasi raisi Brendan Karr mart oyida bu tanqidlarga javoban Amazon özining raketa parvozlari va sun’iy yöldoşlar tizimini rivojlantirişga e’tibor qaratişi kerakligini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq SpaceX AQŞning Luiziana ştatida qiymati 100 milliard dollar bölgan yangi kosmodrom qurişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi