Tom Xenks Tramp tufayli AQSHni tark etdi
Olam
−
11 noyabr
12124Mashhur Gollivud aktyori Tom Xenks prezidentlik saylovlarida respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozongani sababli AQSHni tark etdi. Bu haqda “The Direct” xabar berdi.
Qayd etilishicha, aktyor xayrlashuv maktubida buni shaxsan tan olgan.
“Og‘ir yurak va undan ham og‘irroq chamadon bilan e’lon qilaman: men mamlakatni rasman tark etdim”, deb yozadi aktyor.
Xenksning so‘zlariga ko‘ra, Trampning Oq uyga qaytishi aktyor uchun bir fojiadir.
“Saylov natijalarini ko‘rib, “Yugur, Forrest, yugur!” deb o‘yladim va men aynan shunday qildim”, deya qo‘shimcha qildi u bosh rolni o‘ynagan “Forrest Gamp” filmiga ishora qilib.
Aktyor muxlislarini Qo‘shma Shtatlarni abadiy tark etyapti deb o‘ylamaslikka chaqirdi va Trampning prezidentligi tugaganidan keyin qaytishi mumkinligini aytdi.
Ma’lumot uchun, Tomas Jeffri Xenks amerikalik teatr, kino, televideniye va ovoz berish aktyori, prodyuser, kinorejissyor, ssenarist va yozuvchidir.
Xenks aktyorlik faoliyatini televizion va komediya filmlaridagi rollardan boshlagan va “Filadelfiya” (1993) va “Forrest Gump” (1994) filmlaridagi bosh rollari uchun “eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida ikkita Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Tom Xenks va turmush o‘rtog‘i Rita Uilson koronavirusga chalingani va tez orada tuzalgani haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi