“Tolibon” O‘zbekistonga yana bir vagon “sifatsiz” neftni qaytarib yubordi

Jamiyat

image

“Tolibon” Standart departamenti hamda harakatning Nimro‘z va Hayraton portlaridagi rasmiylari O‘zbekistonga bir vagon sifatsiz neft, Eronga esa to‘rt tanker dizel yoqilg‘isi qaytarib yuborilganini ma’lum qildi. Bu haqda "Etilaatroz" xabar berdi.

“Tolibon” standart departamenti o‘zining  X ijtimoy tarmog‘i( avvalgi Twitter)ga joylagan postida Nimro‘z portida Erondan keltirilgan to‘rtta sifatsiz dizel tankerini ortga qaytargani haqida yozgan.

Hayraton savdo portidagi “Tolibon” mutasaddilari esa O‘zbekistonga bir vagon sifatsiz neft qaytarib yuborilganini aytishgan.

Hayratonda joylashgan “Tolibon” standart departamenti rahbari G‘ulom Yahyo Laqoniyning aytishicha, ushbu sifatsiz neft O‘zbekistonning GTL zavodidan sotib olingan va Afg‘onistonga “Anor Dara” kompaniyasi  orqali olib kelingan.

Bundan tashqari, Departament Afg‘onistonga sifatsiz neft kirib kelishiga chek qo‘yish maqsadida portlar monitoringi kuchaytirilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham “Tolibon”ning Milliy standartlar agentligi 67 ta sisternadagi O‘zbekiston neftini sifatsizligi sabab qaytarib yuborilganini e’lon qilgandi.  “O‘zbekneftgaz” esa “Tolibon”ning da’volarini rad etib, O‘zbekistondan jo‘natilgan neft sifatli ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston neft' Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing