“Tolibon” olomon oldida 4 kishini qatl qildi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” jangarilari o‘g‘irlikda ayblangan shimoliy-g‘arbiy Hirot viloyatining to‘rt nafar vakilini qatl qildi. Bu haqda mahalliy “Aamaj News” agentligi bugun, 25 sentyabr kuni xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda to‘rt odam olomon oldida osilgani aks etgan. Hozircha harakat vakillari voqeaga izoh bermadi. Biroq, harakat asoschilaridan biri mulla Nuruddin Turobiy “Associated Press” nashriga bergan intervyusida “Tolibon” o‘g‘irlik uchun qatl qilishni qayta boshlashni rejalashtirayotganini aytgan edi

Qayd etilishicha, “Tolibon” 1996 yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelganida islom qonunlari me’yorlarini qat’iy bajarishga asoslangan rejim o‘rnatgan. Tartibni buzganlik uchun shafqatsiz jazolar – oyoq-qo‘llarni kesish, toshbo‘ron qilish, ommaviy qatl qilish choralari ko‘rilgan.

“Tolibon” sobiq hukumatida Adliya vaziri bo‘lib ishlagan, hozirda esa qamoqxona xizmatini boshqarayotgan Turobiyning aytishicha, oyoq-qo‘llarni kesish jazosi tiyib turish effektiga ega.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

1643

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing