“Tolibon”ning ortida Pokiston turibdimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Pokiston “Tolibon” ni qo‘llab-quvvatlashi shu qadar shubhasizki, javob berish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Dunyoda hech kim bunga shubha qila olmaydi. Afg‘oniston Prezidenti maslahatchisi Shinvari RIA Novostiga bergan intervyusida Pokistonning pozitsiyasi borasida shunday fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” Afg‘onistonning ayrim qismlarida “oldinga siljigani” haqida gapirish noto‘g‘ri. Bu hududlarni noqonuniy egallash hisoblanadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatining shu nomadagi ma’muriy markaziga hujumlarni boshlagan.

Xabarlarga ko‘ra, Hirot viloyatining 17 tumanidan faqat bittasi, Guzara tumani hukumat kuchlari nazoratida. Hilmend viloyatining janubida joylashgan, hududi bo‘yicha eng katta bo‘lgan Lashkargoh shahrida “Tolibon” bilan janglar bo‘lib o‘tmoqda.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureshi aprel oyida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun “Tolibon”ni sherik sifatida qabul qilish zarurligini ta’kidlagan.

Avvalroq, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib “Xalqaro sharh”  Pokiston “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirayotgani va hozirgacha Afg‘onistonda tinchlikni saqlash uchun biron bir qadam tashlamaganini ta’kidlagandi.

Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Tolibon

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing