“Tolibon” Moskvadagi teraktga aloqador guruhni yo‘qotishga so‘z berdi

Olam

image

Afg‘onistonning hukmron "Tolibon" harakati ISHIDning “Xuroson” bo‘linmasiga qarshi barcha imkoniyatlarini ishga solib, kurashadi. Bu haqda harakatning Qatardagi siyosiy idorasi rahbari Suhayl Shaxin ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Moskva yaqinidagi teraktdan keyin "Tolibon" terrorga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilishi yoki yo‘qligiga qiziqqan. 

Avvalroq, tarmoqlarda Moskva viloyatidagi “Krokus” konsert zalida qonli hujum uyushtirganlar Afg‘onistondagi “Xuroson ovozi” Telegram-kanali orqali yollangani, hozirda o‘chirib tashlangan kanal Afg‘onistondan "Xuroson viloyati" terror guruhi tomonidan nazorat qilingani haqida ma’lumotlar sizdirilgandi. 

"Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Afg‘oniston xalqiga tahdid solmasliklari uchun ham ularga qarshi kurashamiz", degan Shaxin.

Ma’lumot uchun, Moskva yaqinida joylashgan “Krokus Siti Holl” konsert zalida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” (ISHID) terrorchilik tashkilotining Afg‘onistondagi Xuroson viloyati bo‘linmasi o‘z zimmasiga olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni kechasi Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida noma’lum shaxslar otishma boshladi, binoda portlash sodir bo‘ldi va yong‘in chiqdi. 

Binoning uchdan bir qismi yonib ketgan, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni tom orqali olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan va 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Rossiya Fideral Xavfsizlik Xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga 11 kishi hibsga olinganini ochiqladi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukrainaning Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev terakt munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi teraktni qoraladi. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi terakt oqibatida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 133 nafarga yetgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Tolibon urush Mokvadagi terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing