“Tolibon” xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonga kiritilishi masalasiga javob berdi 

Olam

image

Afg‘onistonning yangi hukumati o‘z hududida xorijiy Qurolli Kuchlarning bo‘lishiga qat’iy qarshi. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumati Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.  

“Yo‘q, biz o‘z hududimizda hech qanday xorijiy Qurolli Kuchlarni qabul qilmaymiz. Biz dunyo, amerikaliklar va boshqalar bilan muloqot qila olamiz, lekin o‘z yerimizni boshqa davlatlarga tajovuz qilish uchun ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Shuning uchun biz chet el harbiy xizmatchilarining Afg‘oniston hududida bo‘lishiga ruxsat bermaymiz”, degan Mujohid. 

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, hozirda “Tolibon” terrorchilarga qarshi kurashda o‘z kuchlari bilan ish olib bormoqda. 

“Bizga bu borada xalqimizning ko‘magi yetarli”, degan Mujohid.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing